Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston havo yo‘llari» «Tadjik Air» samolyotiga texnik xizmat ko‘rsatdi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning «Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasi mutaxassislari Tojikistonning «Tadjik Air» aviakompaniyasi samolyotida texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirdi. Bu haqda Kun.uz’ga MAK axborot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 18-28 aprel kunlari "UAT" aviakorxonasida «Tadjik Air» avikompaniyasining Boeing 767-300 samolyoti A-check murakkab shakli bo‘yicha texnik xizmatdan o‘tkazildi. Aviadvigatel, avtopilot tizimidagi shassining uchta tirgagidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ta'mirlash ishlari o‘tkazildi.
Bu tojik aviatashuvchisining birinchi buyurtmasi emas, «Tadjik Air»ning avvalgi samolyoti - Boeing-757-200’ga «UAT»da o‘tgan yilning dekabr oyida texnik xizmat ko‘rsatildi va ta'mirlash ishlari olib borildi.
Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, ayni damda «Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasida Qozog‘istonning «SCAT» aviakompaniyasiga tegishli uchta samolyotga texnik xizmat ko‘rsatilmoqda.
Mavzuga oid
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
23:57 / 09.05.2025