Jahon | 11:28 / 04.05.2017
12823
1 daqiqa o‘qiladi

Stiven King Trampning yadro qutisiga yaqinlashuvini “o‘ta dahshatli” deya baholadi

Foto: AP

O‘zining qo‘rqinchli va triller janrida yozilgan romanlari bilan mashhur amerikalik yozuvchi Stiven Kingning fikricha, AQShning hozirgi prezidenti Donald Tramp yadro qurollarini boshqara olishi har qanday asaridan dahshatliroqdir. U Twitter sahifasida shunday fikrni qoldirdi.

"Bu yigitning (Tramp) barmog‘i qizil nuqtachada ekani men yozgan har qanday qo‘rqinchli asarlardan qo‘rqinchliroqdir", - deyiladi xabarda. "Trampning ilk yuz kunda yozgan tvitlari uning shaxsiyati qay darajada ekanini namoyish etadi", - deb yozadi yozuvchi.

Ta'kidlash lozim, King respublikachi prezidentni birinchi marta tanqid qilayotgani yo‘q. U prezidentlik saylovidan avval ham Trampning saylanishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘rab petitsiyaga imzo chekkan 450 nafar amerikalik yozuvchilardan biri bo‘lgandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid