Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzaniyada maktab avtobusi jarga tushib ketishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi
Tanzaniyada maktab avtobusining jarga tushib ketishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Avtobus Raxiya Xill posyolkasi yonidan o‘tayotib daraxtga urilib, Mara daryosidagi jarlikka tushib ketgan. Ma'lum qilinishicha, avtobusda 35 kishi bo‘lgan, ulardan ko‘pchiligi Lucky Vincent maktabi o‘quvchilari va ularning o‘qituvchilari bo‘lgan. Avtobus Arusha shahridan Karatu posyolkasiga ketayotgan bo‘lgan. O‘quvchilar Karatuda boshqa maktab o‘quvchilari bilan birga imtihonoldi tekshiruvidan o‘tishlari kerak bo‘lgan. Boshqa bir manbalarga ko‘ra, bolalar ekskursiyaga olib ketilayotgan bo‘lgan.
Karatu vakili Terezia Maxongoning aytishicha, voqea 6 may taxminan soat 07:00da yuz bergan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 27 nafar bola, 3 o‘qituvchi va haydovchi bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:24 / 14.05.2025
Zominda jarlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi
21:29 / 23.03.2025
Tanzaniyada ulkan daraxtlarning yangi turi aniqlandi
23:21 / 09.09.2024
Tanzaniyada o‘g‘irlab ketilgan muxolifat vakili o‘lik holda topildi. Uning yuziga kislota sepilgan
01:03 / 02.11.2023