Sport | 20:14 / 10.05.2017
5221
1 daqiqa o‘qiladi

Odil Ahmedov to‘p surayotgan «Shanghay SIPG» OChL so‘nggi turida mag‘lubiyatga uchradi

Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvlardan birida Xitoyning «Shanghay SIPG» klubi Avstraliyada mehmon bo‘ldi.

«Shanghay SIPG»ning raqibi mahalliy «Vestern Sidney» jamoasi bo‘ldi. Uchrashuvda avstraliyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq bu natija jamoa uchun keyingi bosqichga chiqish uchun yetarli bo‘ladi.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa mobaynida harakat qildi.

Bu natijaga qaramasdan, Shanghay klubi 12 ochko to‘plagan holda, guruhda 2-o‘rinni egalladi va 1/8 finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.


Osiyo Chempionlar Ligasi, 6-tur

«Vestern Sidney» (Avstraliya) - «Shanghay SIPG» (Xitoy) 3:2 (2:2)
Gollar: 
Kusukami (3), Lustitsa (6), Sotirio (89) – U Ley (1), Elkeson (23, penalti).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid