Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«San-Siro»da navbatdagi mag‘lubiyat. «Inter» 35 yillik antirekordni takrorladi
«Inter» Italiya chempionatining 36-turida «Sassuolo» bilan o‘ynadi. Milandagi «San-Siro — Juzeppe Meatstsa» stadionida kechgan uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi.
O‘yinning 36-daqiqasida Petro Yyemello mehmonlarni oldinga boshladi, uning o‘zi ikkinchi bo‘lim boshida dublni rasmiylashtirdi. 70-daqiqada neradzurrilar hujumchisi Eder bitta javob goli yo‘lladi, ammo o‘yinda boshqa gol urilmadi va jamoa yana mag‘lub bo‘ldi.
«Inter» 1982 yildan buyon A Seriyada qatorasiga 8 uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi.
Endilikda «Inter» 56 ochko bilan turnir jadvalining sakkizinchi o‘rnida, «Sassuolo» esa 43 ochko bilan 12-o‘rinda joylashdi.
Italiya A Seriyasi
36-tur
Inter – Sassuolo 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 36 Yyemmello, 0:2 – 50 Yyemmello, 1:2 – 70 Eder.
Inter – Xandanovich, Andreolli (Gabriel, 78), Murilo, Nagatomo (Ansaldi, 46), D`Ambrozio, Galyardini, Brozovich, Perishich, Joau Mariu, Kandreva, Ikardi.
Sassuolo – Konsili, Letsxert, Peluzo, Acherbi, Lirola, Sensi, Bondini, Politano (Kannavaro, 77), Missiroli (Akvilani, 86), Berardi, Yyemmello (Defrel, 66).
Ogohlantirishlar: Peluzo (69), Ansaldi (74), Eder (84), Gabriel (90).
Mavzuga oid
19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
18:36 / 07.05.2025
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?
02:38 / 07.05.2025
Yetti gol urilgan o‘yinda "Inter" "Barselona"ni YeChLdan chiqarib yubordi
10:53 / 01.05.2025