Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot muassasalari statistik hisobotlarning yagona elektron tizimiga ulanadi
Vazirlar Mahkamasining 10.05.2017 yildagi 266-son qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining Salomatlik va tibbiy statistika instituti va uning hududiy filiallari qayta tashkil etildi, deb yozadi Norma.uz.
Endilikda ushbu muassasa — Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy bo‘linmalaridir. Muassasaga quyidagi vakolatlar berilgan:
• tibbiyot axboroti va statistikasini shakllantirish, Davstatqo‘m bilan birgalikda sog‘liqni saqlash tizimida sog‘liqni saqlashning barcha tashkilotlari uchun yagona davlat va idoraviy hisobot shakllarini ishlab chiqish bo‘yicha metodologik va tartibga soluvchi markaz funksiyalarini ijro etish;
• tasdiqlangan shakllar bo‘yicha Davstatqo‘mdan — davlat statistikasi, sog‘liqni saqlash davlat tizimining bevosita tibbiyot tashkilotlaridan — idoraviy statistika bo‘yicha barcha zarur tibbiyot axborotini olish;
• kasalliklar ko‘paygan holatlarda sabablari va qonuniyatlarini aniqlash uchun, shuningdek ularning oldini olish va ular profilaktikasi chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun joylarning o‘ziga chiqib zarur qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazish;
• fuqarolarning sog‘lig‘ini mustahkamlash va saqlash, tegishli hududlarda aholining kasalliklarga chalinishining oldini olish va ular profilaktikasi bo‘yicha takliflar va tavsiyalar kiritish;
• sog‘liqni saqlash tizimini, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash va saqlash sohasidagi normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
Shu bilan birga, kelgusi yilning 1 yanvarigacha sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari faoliyati ko‘rsatkichlari to‘liq qamrab olinishini nazarda tutuvchi statistika hisobotining yagona elektron tizimi ishlab chiqilishi kerak. Unga barcha tibbiyot muassasalari ulanadi.
ITI Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 38-uy manzilida joylashadi.
Mavzuga oid
09:06 / 15.02.2024
O‘zbekistonda yoshga doir pensiyalarni fuqarolarning murojaatisiz tayinlash tartibi joriy etiladi
12:03 / 15.07.2023
1,7 mlrd so‘mga motivatsiya, 750 mln so‘mlik elektron tizim va har biri 16 mln so‘mlik rolik – YoIA milliardlarni nimalarga ishlatyapti?
09:57 / 06.05.2022
Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etildi
20:14 / 05.05.2022