Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm viloyatidagi "Nurullaboy" tarixiy majmuasi qayta ta'mirlanadi
Xiva shahrining tarixiy-me'moriy va turizm salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi Xorazm viloyatidagi "Nurullaboy" masjidini qayta ta'mirdan chiqarish to‘g‘risida 297-sonli qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, qayta ta'mirlash va qurilish ishlari Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga:
- - 2017 yil 1 sentabrgacha qurilish-montaj va qayta ta'mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlarini o‘tkazish bilan bir vaqtning o‘zida loyiha-smeta hujjatlarini loyihalashtirish va ishlab chiqishga;
- - obektlarni qayta ta'mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha xarajatlarni ijara muddatidagi soliq hisobot davrida chegiriladigan xarajatlar hisobiga kiritishga;
- - istisno tariqasida obektlarni kelgusida uchinchi shaxslarga subijara sharti bilan topshirishga ruxsat berilsin.
Ma'lumot o‘rnida: "Nurillaboy" majmuasi 1893-1904-yillar oralig‘ida Xiva Xoni Muhammad Rahimxon II tomonidan o‘g‘li shahzoda Isfandiyorxon sharafiga qurdirilgan. Otasining o‘limidan so‘ng Isfandiyorxon xorijlik mexmonlarni qabul qilish uchun qo‘shimcha qasr qurdirgan. Bu qasr Xivadagi xonlar qarorgohlaridan o‘zining dizayni va arxitekturasi bilan tubdan farq qiladi.

Qasr qurilishida sharqona va yevropacha uslub uyg‘unlashgan. Barcha xonalar bir-biridan tubdan farq qiladi. Rus uslubidagi kamin, katta keng oynalar va sharqona uslubdagi geometrik naqshlar va gullar bezalgan turfa rang shiftlar. Qasrning baland eshik va oynalari nemis duradgorlari tomonidan yasalgan.

Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
21:35 / 22.05.2025