Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda an'anaviy “Kitob bayrami” bo‘lib o‘tadi
2017 yilning 25-27 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor” shiori ostida an'anaviy Respublika “Kitob bayrami” o‘tkaziladi.
Tadbir O‘zbekiston aholisining, ayniqsa yosh avlodning ma'naviy va intellektual ehtiyojlarini qondirishda kitobning o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan bir qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Sayl tarzida o‘tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy hamda ensiklopedik yo‘nalishdagi kitoblar taqdimotlari, noshir va mualliflar, adib va shoirlar, kitob grafikasi rassomlarining kitobxonlar bilan bevosita ijodiy uchrashuv-muloqotlari, mushoiralar va suhbatlar, sovrinli intellektual viktorinalar, shuningdek, “Kitobsevarlarni qutlaymiz!” nomli konsert dasturlari o‘rin olgan.
26 may kuni “Kitob – millatning bebaho madaniy va ma'naviy merosi” mavzuidagi V ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi
08:55 / 19.04.2025
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi
12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi
10:29 / 06.02.2025