Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Uzcard raqobatchisi paydo bo‘ladi
O‘zbekistonda universal banklararo chakana to‘lov tizimi GlobUzCard yaratilmoqda.
Tizim Markaziy bank boshqaruvining 2017 yil 8 apreldagi qarori bilan tashkil etilmoqda. O‘zbekiston Adliya vazirligi hujjatni 2017 yil 15 may kuni tasdiqladi.
Markaziy bank qarorida aytilishicha, yangi tizim xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashadi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda “Yagona xalqaro protsessing markazi” qo‘shma korxonasi tashkil etiladi. Korxona GlobUz protsessing markazi funksiyasini bajaradi.
GlobUzCard Visa, MasterCard, Union Pay International, JCB, American Express, Diners Club va boshqa xalqaro to‘lov tizimlari bilan aloqalar o‘rnatadi. Bu chet elda GlobUz bank kartalaridan va O‘zbekiston hududida xorijiy banklar kartalaridan chet el valyutasida amaliyotlar o‘tkazish imkonini yaratadi.
Mavzuga oid
14:35 / 08.05.2025
Moskvada yashovchilar banklar, do‘konlar va taksilar ishida uzilishlarga duch kelmoqda
20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi
20:38 / 24.04.2025
Qaysi to‘lovlarni to‘liq naqdsiz shaklga o‘tkazish masalasi muhokama qilindi
23:00 / 05.03.2025