Sport | 19:46 / 28.05.2017
4958
1 daqiqa o‘qiladi

"Ferrari" a'zosi 16 yil ichida ilk marta "Formula-1"ning Monako Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi

Foto: EPA/SRDJAN SUKI

"Ferrari" jamoasining nemis poygachisi Sebastyan Fettel "Formula-1" avtopoygasining Monako Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi.

2-o‘rinni uning jamoadoshi, finlyandiyalik Kimi Raykkonen, 3-o‘rinni "Red Bull" poygachisi Daniel Rikkyardo egalladi.

Fettel "Ferrari"ga Monakodagi 16 yil ichidagi ilk g‘alabani keltirdi.

Poyganing keyingi bosqichi Kanadada 9-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid