Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada darvozabon ikki gol o‘tkazib yubordi va tanaffusda uyiga ketib qoldi (video)
Braziliyaning «Figeyrense» jamoasi darvozaboni Fabio Gonsalves yangi jamoasi uchun o‘tkazgan ilk o‘yinida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Braziliya V seriyasining 4-turidagi «Boa»ga qarshi kechgan o‘yinda (0:2) darvozabon birinchi bo‘limda ikkita to‘p o‘tkazib yubordi.
Ikkinchi gol birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan beshinchi daqiqada kiritilgan bo‘lsa, birinchi epizodda esa Fabio darvozadan chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi va maydon markazidan berilgan zarbani qaytara olmadi.
38 yoshli futbolchi tanaffusda taksi olib, stadionni tark etdi, oqibatda «Figeyrense» tanaffusdayoq birinchi futbolchini almashtirishga majbur bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi va «Boa» g‘alaba qozondi.
Keyinchalik Fabio o‘z ishi uchun uzr so‘radi, biroq u klub uchun boshqa o‘ynamasligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
15:15 / 27.02.2019
Yevropaning top-10 chempionatlarida bu mavsum eng kam gol o‘tkazib yuborayotgan darvozabonlar ma'lum qilindi
00:51 / 14.02.2019
Futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon ma'lum qilindi
18:53 / 12.02.2019
Dunyoning eng zo‘r darvozabonlaridan biri vafot etdi
23:35 / 30.11.2018