Jamiyat | 17:36 / 02.06.2017
16132
1 daqiqa o‘qiladi

Taniqli shoir Botir Ergashev o‘zining yangi kitobini taqdim etdi

Shu kunlarda Ommaviy axborot vositalarda "Kitob mutolaasi va kitobxonlikni oshirish" haqida tinimsiz ravishda juda katta targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Albatta bu xayrli ishlarda ijodkorlarning bevosita ishtiroki alohida o‘rin tutadi.

Ana shunday ijodkorlardan biri O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli shoir Botir Ergashev. Ushbu shoirning "Allohimga aytib ber!" nomli kitobi chop etilgani haqidagi xabarni o‘tgan yili saytimiz orqali siz aziz o‘quvchilarimizga yetkazgan edik.

Oradan uncha ko‘p fursat o‘tmay, kuni kecha Botir Ergashevning yangi ijod namunalaridan tashkil topgan yana bir kitobi nashrdan chiqdi.

"Joning sog‘ bo‘lsin!" deya nomlagan ushbu mo‘'jazgina kitob she'riyat ixlosmandlariga, siz qadrli kitobxonlarga manzur bo‘ladi, deb umid qilamiz!

Mavzuga oid