Jahon | 00:33 / 03.06.2017
10991
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda samolyot dvigateli qush sababli yonib ketdi

1 iyunda United Airlines aviakompaniyasining Chikagodan Mayamiga reys amalga oshirayotgan samolyoti dvigateli unga qush kirib qolgani sababli aeroportga qaytib keldi, deb xabar berdi New York Daily News axborot agentligi.

Bu hodisa samolyot parvoz qilishi bilan yuz bergan. Uchuvchilar dvigateldan birini o‘chirib qo‘yishlariga to‘g‘ri kelgan va samolyot O'Xara aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ngan.

Yo‘lovchilardan biri yonib ketgan dvigatelni tasvirga olib, bu rolikkni Twitter ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgan va “Samolyotingning dvigateli yonayotganda nima qilish kerak? Uchuvchiga samolyotni qo‘ndirgani uchun minnadorchilik bildirib, pivo ichish kerak”, deya videoga izoh qoldirgan.

Boshqa yo‘lovchi Fox 13 telekanaliga samolyot saloni tutunga to‘lib ketgani va past ovozda to‘xtamasdan taqillash tovushi eshitilib turganini so‘zlab bergan. “Eng ko‘proq tutun hidi qo‘rqitdi”, deb aytgan yana bir guvoh.
 
United Airlines yo‘lovchilarga yetkazilgan noqulayliklar uchun tovon puli to‘lashga va'da bergan.

Mavzuga oid