Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerda yotgan futbolchi tepib tashlangan. Surxondaryodagi ommaviy mushtlashuv videosi
4 iyun kuni O‘zbekiston Birinchi ligasi 13-turida «Surxon» jamoasi Termizda «Andijon» klubini qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynagan edi.
Uchrashuv yakunida janjal kelib chiqqan va hakam bir vaqtning o‘zida bir yo‘la sakkiz nafar futbolchiga (ikki jamoadan 4 nafardan) qizil kartochka ko‘rsatgandi.
«Championat.asia» saytining YouTube portalidagi kanalida ushbu janjal tasvirlari videosi joylashtirilgan. Unda mezbon jamoa futbolchilari andijonliklarning yerda yotgan futbolchisini tepishgani, janjalga klub shifokorlari ham aralashganini ko‘rish mumkin.
Quyidagi videoda sariq libosda «Surxon» jamoasi futbolchilari, oq libosda «Andijon».
Eslatib o‘tamiz, 1968 yilda paydo bo‘lgani aytiladigan «Surxon» futbol klubi uzoq vaqtlik tanaffusdan keyin shu yil fevralida tashkil etilgandi.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025