Jamiyat | 09:00 / 12.06.2017
21570
3 daqiqa o‘qiladi

«APeLSIN» kunduzgi bolalar oromgohi kichkintoylarni kutmoqda

O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi qoshida «APeLSIN» nomli kunduzgi bolalar oromgohi tashkil etildi. U bolalar uchun izchil o‘ylab chiqilgan dastur va professional pedagog va yordamchilar jamoasiga ega. «APeLSIN» 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalarni ajoyib sayohatga taklif qiladi.

Kunduzgi to‘garak mashg‘ulotlari - 8:00-19:00 da (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.

Ochilish kuni - 2017 yilning 19 iyun kuni.

Smena davomiyligi - 15 kun.

Smena narxi - 1.400.000 so‘m.

1-smena - 19.06-07.07

2-smena - 10.07-28.07

3-smena - 31.07-18.08

Bolalar soni - 50 nafar (25/25) 2 otryad

Farzandingiz 15 kunga kompyuter, televizor va videoo‘yinlarni unutib, ajoyib hayvonot olami, sport, ekskursiyalar, o‘yinlar, foto- va video-sessiyalar dunyosiga sho‘ng‘iydi.

Oromgoh narxiga 3 mahal ovqatlanish (eng yaxshi oshpazlar va parhezshunoslar tomonidan tuzilgan menyu) - nonushta, tushlik va kechki ovqat ham kiradi.

Bundan tashqari, farzandingiz ochiq suzish havzasida chiniqib, yangi siqilgan meva va sabzavot sharbatlari bilan siylanadi.

Haftada bir marta shahar bo‘ylab ekskursiya tashkil etiladi. Unda bolalar hayvonot bog‘i, “Disney-lend”, botanika bog‘i kabi poytaxtning diqqatga sazovor maskanlariga borishadi.

Animatorlar - DJ uskunalariga ega uch qahramon interfaol dasturlar, tanlovlar, o‘yinlar va diskotekalar o‘tkazadi.

Ijodiy sohaning muayyan mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari o‘tiladi.

Har bir smena oxirida farzandingiz unutilmas hordiq bilan bog‘liq fotokollajni diskda olib ketishi mumkin. 

Hududda doimiy videokuzatuv olib boriladi.

Ehtiyoj tug‘ilgan taqdirda farzandingizga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati mavjud.

Shaharning eng yaxshi murabbiylari sport yoki badiiy gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazishadi.

Kun tartibi:

8:00- badantarbiya, kross;

9:00- nonushta vaqti;

10:00-12:00-sport mashg‘ulotlari, animatorlar, flesh-mob, raqslar, mahorat darslari, o‘yinlar va ekskursiyalar;

12:00-13:00 – suzish;

13:00-14:00 – tushlik;

14:00-16:00 - kunduzgi uyqu;

16:30 - kechki ovqat;

17:00-19:00 - kun mavzusi bo‘yicha ko‘ngilochar tadbirlar (shou, sahna ko‘rinishlari, sport o‘yinlari, ijodiy uchrashuvlar, filmlar, diskoteka).

Barchamiz bir bo‘lib FARZANDLARIMIZning yozgi mavsumi yodda qolarli va mazmunli o‘tishiga hissamizni qo‘shamiz. Yig‘ilish O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi hududida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, "Ko‘rgazma" ko‘chasi, 103-"A"

E-mail: rgsocaj@gmail.com

Telefonlar: 99890-323-99-05, 99890-997-87-70

Fax: 998712356091

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid