Jamiyat | 15:38 / 12.06.2017
23834
2 daqiqa o‘qiladi

Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabalari kutubxona va kitob do‘konlariga borishdi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining 2017 yil 9 iyundagi 291-sonli buyrug‘i asosida barcha ta'lim muassasalarida “Oliyjanoblik fazilatlari” nomli besh kunlik o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. 

Ijroni ta'minlash hamda yoshlar ongiga oliyjanoblik va insoniylik tuyg‘ularini singdirish, o‘quvchilar orasida kitob mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kollejida ham keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, kollejdagi guruhlar rahbarlari va fan o‘qituvchilari ishtirokida talabalar Toshkent shahrining turli manzillarida joylashgan ma'rifat maskanlari, kutubxona va kitob do‘konlariga borishmoqda hamda olingan kitoblarni mutolaa qilishmoqda. Har bir o‘quvchi mashhur adiblar kitoblarini o‘rganib, ularda aks ettirilgan oliyjanoblik fazilatlarni hayotiy shiorga aylantirish kerakligini tushunib yetmoqda. 

Shuningdek, jadvalga shu nom bilan darslar kiritildi. O‘quv kurslari yakunlanishi bilan “Oliyjanoblik nima?” mavzusida insholar o‘tkaziladi.   

O‘quv kursini tashkil etishdan maqsad – akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarida oliyjanoblik fazilatlarining mazmuni, mohiyati va ahamiyati to‘g‘risidagi ko‘nikmalarni shakllantirish, mehr-muruvvat, o‘zaro hurmat, hamjihatlik, bag‘rikenglik kabi axloqiy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan oliyjanoblik fazilatlarini o‘quvchilar ongiga chuqur singdirishdir. 

Mavzuga oid