Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzordagi yong‘in haqida rasmiy xabar berildi
2017 yil 1 iyul kuni soat 08 dan 49 daqiqa o‘tganda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining markaziy dispetcherlik xizmatiga Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasi, 164-uyda yong‘in bo‘layotgani haqida xabar kelib tushdi, deb ma'lum qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
Hodisa joyiga poytaxtning yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yetib bordi. Yong‘in to‘rt qavatli turar-joy bino tom qismining 300 kv.m. maydonini zararladi. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 09 dan 49 daqiqa o‘tganda butunlay bartaraf etildi. Halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Toshkent shahri tumanlaridan birida yong‘in chiqdi (foto, video)
Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish vaqtida ushbu uyning bo‘g‘otida elektr simlarining noqonuniy ravishda o‘tkazilganligi aniqlandi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025