Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etiladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi davlat va jamiyat uchun rahbar kadrlarni tayyorlab beradigan o‘ziga xos markaz bo‘lishi, zamonaviy tilda aytadigan bo‘lsak, yoshlar uchun “sotsial lift” vazifasini bajarishi kerak. U bilimli, tashabbuskor va tashkilotchi, fidoyi yosh rahbarlarning kadrlar zaxirasini yaratishi kerak. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Kamolot"ning navbatdagi qurultoyida shunday bayonot bilan chiqdi.
"Shu maqsadda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish zarur.
Bosh vazir A.Aripov, Davlat maslahatchisi U.Ismoilov va akademiya rektori R.Qosimovga bir oy muddatda shu masala yuzasidan tegishli qaror loyihasini tayyorlab, tasdiqlash uchun kiritish vazifasi topshiriladi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkilotlarida o‘zini ijobiy jihatdan ko‘rsatgan xodimlar Davlat boshqaruvi akademiyasida bilim va malakasini oshirib, hokimlik va vazirliklar tizimida rahbarlik lavozimlari uchun asosiy nomzodlar qilib tayyorlanishi kerak. Bunday tajriba ilgari ham bo‘lgan va yaxshi natija bergan edi", - deya ta'kidladi davlat rahbari.
Mavzuga oid
11:29 / 28.04.2025
Toshkentda fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritish evaziga 13 ming dollar olgan shaxs ushlandi
12:20 / 01.04.2025
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
14:10 / 27.02.2025
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining vazifalari belgilandi
08:45 / 07.08.2024