Sport | 09:00 / 12.07.2017
34793
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Meyvezer va Makgregor jang oldidan ilk bor yuzma-yuz uchrashdi 

Foto: Reuters

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer va MMA jangchisi Konor Makgregor o‘rtasidagi jangga bir oydan sal ko‘proq vaqt qoldi va ushbu jangni qo‘llab-quvvatlovchi press-tur boshlab yuborildi. Ikki jangchi ijtimoiy tarmoqlarda bir necha oy bir-birlarini "maqtovlar" bilan siylaganlaridan keyin ilk marta yuzma-yuz uchrashdilar.

Irlandiyalik jangchi o‘zini har doimgidek o‘ziga ishongan holda tutdi va bo‘lg‘usi raqibiga kinoyalar qilishdan tashqari, uni "4-raundda qulatish" bilan va'da berdi.

"Men undan, uning ringdagi cheklangan usullaridan qo‘rqmayman. Agar bu haqiqiy jang bo‘lganda, bir raund ham talab qilinmasdi", deb aytgan Los-Anjyelesda o‘tgan matbuot-anjumanda Makgregor.

U uchrashuvga sport kiyimida kelgan raqibini mazax qilishdan ham toymadi. Irlandning o‘zi esa qora pijakda bo‘lgan.

Meyvezer Makgregorning barcha "jo‘jaxo‘rozliklari"ga raqibi jangi uchun 7 va 8 raqamli summalar oladigan jangchi uchun juda yaxshi ko‘rinishda ekanligini aytgan.

"Biroq men 9 raqamli summalar oladigan jangchiman", deb aytgan Meyvezer va filippinlik bokchsi Menni Pakyaoga qarshi jangi uchun 280 mln dollar olganini eslatib o‘tgan.

Meyvezer va Makgregor o‘rtasidagi jang 26 avgustda Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid