Jahon | 18:28 / 13.07.2017
2680
1 daqiqa o‘qiladi

Manchesterdagi terakt qurbonlari yaqinlari hukumatdan haligacha yordam olishmadi

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya hukumati Manchesterdagi stadionda yuz bergan terakt qurbonlari oilasiga haligacha moliyaviy yordam ko‘rsatmadi. Bu holat shahar hukumati hodisadan so‘ng bu haqda darhol murojaat qilganiga qaramay yuz bergan, deb yozmoqda The Guardian gazetasi.

Shahar hokimi Endi Bernxemning so‘zlariga ko‘ra, stadiondagi portlash sabab jarohatlanganlar va halok bo‘lganlar oilalari Britaniya hukumatidan yetarli darajada yordam olishmagan. Shuningdek, shahar kengashining ma'lum qilishicha, shahar aholisi hukumat yaqin orada hech narsa qilmasa, “juda xafa” bo‘lishadi.

Nashrning ta'kidlashicha, bosh vazir Tereza Mey Londondagi osmono‘par binodagi yong‘in qurbonlari yaqinlariga, hodisa yuz berganidan bir necha kun o‘tibgina 6,2 mln dollar haqida va'da bergan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid