Sport | 21:30 / 17.07.2017
15871
2 daqiqa o‘qiladi

«Obod» yopilmaydi. Oliy Liga mavsumni to‘liq tarkibda davom ettiradigan bo‘ldi

Toshkent shahri jamoalaridan biri, Oliy Liga ishtirokchisi bo‘lmish «Obod» klubi yopilmaydigan bo‘lgan. Bu haqda klub matbuot xizmatiga asoslangan holda «Ofsayd» nashri xabar tarqatdi.

Xabarga ko‘ra, klub matbuot kotibi Furqat Nishonov «Oriat Dono» radiosining «Futbol plyus» eshittirishi orqali klubga yangi homiy kelishi deyarli aniq bo‘lgani va klub 2-davrada o‘z faoliyatini davom ettirishini aytgan.

«Hozircha batafsil ma'lumot bera olmayman, ammo klubni yangi homiylar sotib olishdi va klub tugatilgani yo‘q» - degan u.

Boshlovchining «Obod»ning ko‘plab futbolchilari boshqa klublarga o‘tib ketdi, ularning o‘rni qanday to‘ldiriladi?» - degan savoliga, matbuot kotibi «Istaysizmi-yo‘qmi davralar oralig‘ida transferlar chog‘ida ko‘plab futbolchilar klublardagi ko‘rikdan o‘ta olmaydi. Ayni shu futbolchilar orqali boshqa klubga o‘tib ketgan futbolchilarning o‘rni to‘ldirilish extimoli katta» - deya javob qaytargan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda ushbu klub homiy topilmaganligi tufayli mavsumning ikkinchi davrasida yopilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu xabarlarga isbot sifatida poytaxt klubining futbolchilari Oliy Liganing turli klublariga o‘tgani keltirilgan edi.

Mavsum yarmida klublardan biri faoliyatini to‘xtatmoqda. Endi Oliy ligada 15 jamoa qoladi

Ayni vaqtda «Obod» PFK Oliy-Ligada 15 o‘yinda 9 ochko bilan so‘nggi o‘rinni band etib turibdi.

«Bunyodkor» «Obod» yetakchisini sotib oldi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid