Xamesga «Bavariya»da oson bo‘lmaydi

«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Xames Rodrigesning «Real»dan transfer qilinganiga munosabatini bildirib o‘tdi.
Ushbu italiyalik mutaxassisga jurnalistlardan biri kolumbiyalik futbolchi Tomas Myuller o‘rniga taklif etilgani haqidagi gaplarga izoh so‘rab murojaat qilgan.
«Albatta, biz Xamesni Myuller o‘rniga taklif etganimiz yo‘q. Agar siz shunday hisoblayotgan bo‘lsangiz, uni Tyago o‘rniga kelgan deb o‘ylashingiz ham mumkin, bu ikki futbolchining ampluasi bir xil - maydon markazi. Xames o‘ng qanotda ham, chap qanotda ham o‘ynay oladi, demak u Robben yoki Riberi o‘rniga kelgan bo‘lishi ham mumkin.
Biz Xamesni u kimnidir almashtirishi uchun emas, jamoani to‘ldirishi uchun olib keldik. U yaxshi futbolchi, o‘ylaymanki, uning bizga yordami tegadi. Xames faqat munosib ishlasa, maydonga tushirilishi haqida biladi, agar yaxshi mehnat qilmasa, uning joyi zaxira o‘rindig‘ida bo‘ladi. Hech kimga asosiy tarkibda joy kafolatlanmagan», — deya Anchelottining so‘zlarini keltirgan Daily Mail.
«Bavariya» ushbu futbolchini ikki yilga «Real»dan ijaraga oldi, uning ijarasi uchun 10 million yevro to‘lanadi.
Mavzuga oid

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

17:54 / 18.04.2025
Anchelotti «Real»dan ketishi kutilmoqda. Uning o‘rniga da’vogarlar ma’lum

12:21 / 09.04.2025
«Inter» «Bavariya»ni qarshi hujumlarda jazoladi

03:05 / 06.03.2025