Samsung banan shaklidagi qurilmani patentlashtirdi
Samsung kompaniyasi banan shaklidagi qurilmani patentlashtirdi. AQSh patentlar va savdo markalari byurosi saytida chop etilgan hujjatga ko‘ra, patent olishga ariza 2015 yilda berilgan va u 2017 yil iyunda amal qilishni boshlagan.
Qurilma bananga o‘xshash bo‘lib, unga dasturlar ramzlari tushirilgan. Qurilma suratiga ko‘ra, u yordamida pochtani ko‘rish, musiqa tinglash va suratga olish mumkin.

Patently Apple nashri bu qurilmani "dunyodagi birinchi yeyish mumkin bo‘lgan josuslik telefoni" deb atagan, biroq hujjatda bu haqda aytilmagan. Qurilma funtsiyalari haqida hech narsa oshkor qilinmagan.
Ehtimol, Samsung’ning bu loyihasi 2017 yil may oyida Indiegogo kraudfaunding saytida paydo bo‘lgan BananaPhone loyihasi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Qurilmaga izohda aytilishicha, BananaPhone banan ko‘rinishidagi simsiz telefon go‘shagi hisoblanadi. U smartfonga ulanib, qo‘ng‘iroqlar amalga oshiradi. Qurilma sentabrda sotuvga chiqishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi

17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda

20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi

21:15 / 03.03.2025