Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada to‘ntaruvga urinishda ayblanayotganlar sudda kiyadigan kiyimlar belgilab olindi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 2016 yil 15 iyulda Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinish ishida ayblanayotganlar sud yig‘ilishlarida kiyishlari kerak bo‘lgan kiyimni belgilab berdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Erdo‘g‘anning aytishicha, sudda ayblanuvchilar ikki turdagi jigarrang kiyimda: fitnada ayblanayotganlar kombinezonlarda, terrorchilikda ayblanayotganlar esa kurtka va shimda bo‘lishlari kerak.
"Sudda boshqa hech kim istagan kiyimini kiymaydi", deb aytgan Erdo‘g‘an.
Ta'kidlanishicha, Erdo‘g‘an to‘ntaruvning bir yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar davomida ayblanuvchilar kiyishi mumkin bo‘lgan kiyimni belgilab olishni taklif qilgan. Bungacha bir necha kun avval ayblanuvchilardan biri sud yig‘ilishida "Qahramon" degan yozuvli futbolkada bo‘lgan.
Erdo‘g‘an iyul o‘rtasida davlat to‘ntaruviga urinish qurbonlariga bag‘ishlangan yodgorlikni ochdi.
Mavzuga oid
11:11 / 03.05.2025
Misr O‘zbekistonda sport kiyimlarini ishlab chiqarishi mumkin
14:32 / 29.02.2024
Italiya O‘zbekistonda bolalar uchun tayyor kiyim ishlab chiqarishga qiziqish bildiryapti
11:09 / 09.09.2023
«Islom dini kiyimda ham me’yorni, haddini o‘rgatadi» - muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov
21:55 / 14.06.2023