Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minnesota gubernatori Blumington masjididagi portlashni terakt deb atadi
AQShning Minnesota shtati gubernatori Mark Deyton Blumington shahridagi islom markazidagi portlashni terakt deb atadi. "Qanday dahshatli, pastkash, qo‘rqoqona akt amalga oshirildi. Minnesota uchun bunday razil hodisalar xos emasdir", deb aytgan siyosatchi va jinoyat "toqatsizlik negizida" amalga oshirilganini ta'kidlab o‘tdi.
Voqea 5 avgustda erta tongda sodir bo‘lgan. Portlovchi qurilma masjidga, taxmin qilinishicha, oyna orqali uloqtirilgan. Bu vaqtda masjidda ibodatga kelgan 20 ga yaqin odam bo‘lgan. Portlash oqibatida yong‘in chiqqan, biroq uni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Shtatning musulmonlar jamiyati portlash tashkilotchilari va ijrochilari haqidagi istalgan ma'lumot uchun 10 ming dollarlik mukofot puli va'da qilgan.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
08:37 / 25.04.2025
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi
09:30 / 24.04.2025