Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda
2017 yilning 8 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Latviya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Edgars Bondarsni qabul qildi.
Suhbat davomida bo‘lajak qo‘shma tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Elchining diplomatik missiyasi yakunlanar ekan, uning O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi munosabatlarni mustakamlashga qo‘shgan konstruktiv hissasi qayd etildi.
So‘nggi 3,5 yil mobaynida O‘zbekiston-Latviya hamkorligi faol rivojlandi va mustahkamlandi. Latviya Prezidenti Andris Berzinshning 2014 yil may oyida O‘zbekistonga tashrifi davomida o‘tkazilgan oliy darajadagi samarali muzokaralar ikki tomon hamkorligiga yangi turtki berdi.
Shuningdek, ikki mamlakatning vazirlik va idoralari, ishbilarmon doiralari, madaniyat, ta'lim va boshqa sohalar vakillari darajasida faol uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
O‘z navbatida Edgars Bondars Elchi sifatida O‘zbekistondagi faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik izhor etdi.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
11:47 / 23.05.2025
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda
16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi
15:39 / 07.05.2025