Sport | 12:30 / 09.08.2017
28235
2 daqiqa o‘qiladi

«PSJ» transfer bozorini «portlatishda» davom etadi. Navbatdagi transfer 155 mln yevroga

«Monako» hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini «PSJ»da davom ettirishga yaqin.

Telefoot manbasi tarqatgan xabarga ko‘ra, 18 yoshli ushbu fransuz Parij klubiga o‘tishga rozilik bildirgan.

Unga «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfiy qo‘ng‘iroq qilgan. U futbolchining oilasi bilan ham bog‘langan. Mbappening qaroriga Neymar Fransiyaga kelgani ta'sir ko‘rsatgan, u braziliyalik yulduz bilan birga to‘p surish uchun «Real», «Barselona» va «Manchester Siti» kabi klublarga o‘tish variantlaridan voz kechgan.

Parijliklar uning transferi uchun 155 million yevro sarflashga tayyor bo‘lib turibdi.

Bundan avvalgi xabarlarda «Monako» «Real» tomonidan ham jiddiy qiziqish mavjud Mbappeni 200 mln yevroga sotishi mumkinligini ma'lum qilgandi.

«PSJ» katta mablag‘ evaziga Mbappeni sotib olmoqchi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid