Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2017 yilda qishloq joylarda uy-joylar qurilishiga 2,12 trln so‘m yo‘naltiriladi
O‘zbekiston 2017 yilda qishloq joylarda 2017-2021 yillarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarni qurish dasturini moliyalashtirishga 2,12 trln so‘m yo‘naltiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarni qurish dasturini tasdiqlagan.
«Qishloq qurilish bank» ATB ma'lumotlariga ko‘ra, faqatgina 2017 yilning o‘zida Dasturni moliyalashtirishga 2 trln 121,5 mlrd so‘m yo‘naltiriladi, jumladan, qurilish tashkilotlarining 478,9 mlrd so‘m miqdoridagi o‘z mablag‘lari hisobidan va davlat byudjyeti hamda tijorat banklaridan 1 642,6 mlrd so‘mlik kreditlarni ajratish nazarda tutilgan.
Oltita bank 15000 ta uyni qurishni moliyalashtirish uchun imtiyozli ipoteka kreditlari ajratadi.
«Qishloq qurilish bank» ATB 6985 ta uyni qurishga 1,04 trln. so‘m taqdim etadi. Ulardan 244,7 mlrd. so‘m aholi mablag‘lari va 795,6 mlrd so‘m imtiyozli ipoteka kreditlari hisobidan.
Bugungi kunda «Qishloq qurilish bank» ATB taqdim etilgan manzilli ro‘yxatlar bo‘yicha «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasining maxsus hisobiga 4743 ta uyni qurish uchun 544,2 mlrd. so‘mni o‘tkazib berdi. Ulardan 154,6 mlrd so‘m qurilish tashkilotlarining o‘z mablag‘lari va 389,6 mlrd so‘mi imtiyozli ipoteka kreditlaridir.
Mavzuga oid
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
17:02 / 15.05.2025