Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks bo‘yicha yana bir sobiq jahon chempioni faoliyatini yakunlashi mumkin
WBA (Super), IBF va WBO yo‘nalishlarida yarim og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni rossiyalik Sergey Kovalev faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda.
«Men ma'lum bir mashg‘ulot jarayonini o‘tkazmoqdaman. Sentyabr oyi boshida Amerikaga qaytaman hamda u yerda to‘laqonli mashqlar o‘tkazaman, biroq menda janglar borasida qandaydir fikrlar yo‘q. Hech qanday sanalar ham yo‘q. Balki, faoliyatimni umuman yakunlarman, men hozircha boks haqida o‘ylayotganim yo‘q. Men faoliyatni yakunlash haqida o‘ylamoqdaman.
Aftidan, boks bilan shug‘ullanishga yakun yasash payti keldi. Hozircha yaqin orada nima bilan shug‘ullanishim borasida aniqlik yo‘q. O‘zim, oilam bilan shug‘ullanmoqdaman. Hozir boks haqida o‘ylayotganim yo‘q», - deya Kovalevning so‘zlarini keltiradi «R-Sport».
Eslatib o‘tamiz, Kovalev 33 jang o‘tkazib, 30 g‘alabaga erishgan.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025