Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyaga ishlashga yuborishni va'da qilib 5800 dollar olgan firibgar qo‘lga olindi
Joriy yilning 27 avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tuman IIB HPB tayanch punkti profilaktika inspektorlari tomonidan ilgari firibgarlik jinoyatini sodir etib sudlangan shaxs Janubiy Koreyaga ishlashga yuborishni va'da qilib, 5800 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.
Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
M.Ulug‘bek tumanida 27 avgust kuni soat 18.32da, 2016 yilning oktabr oyida, 1977 yilda tug‘ilgan, ishlamaydigan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, Hurriyat ko‘chasida yashovchi X.S. Yalang‘och dahasi 103-uy oldida, 1989 yilda tug‘ilgan, Yalang‘och dahasi 103-uyda yashovchi T.F.ga o‘zini Janubiy Koreya elchixonasida ishlovchi xodim deb tanishtirib, uning “Davron va Bexruz” ismli jiyanlarini Janubiy Koreya davlatiga ishlashga yuborishni va'da qilib, 5.800 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganligi aniqlanib, ushlandi.
Mirzo Ulug‘bek tuman IIB tomonidan fuqaro X.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
10:44 / 08.05.2025
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi
17:25 / 07.05.2025