Kosta «Chelsi»ga qaytishdan bosh tortdi
«Chelsi» hujumchisi Diyego Kosta londonliklar uni APL uchun zayavkaga kiritgan bo‘lsada, jamoa ixtiyoriga qaytishni istamayapti.
O‘tgan yozgi transfer bozorida Madridning «Atletiko» klubi futbolchini ortga qaytarish uchun urinib ko‘rgan, biroq 1 sentabr kuniga qadar davom etgan muzokara muvaffaqiyatsiz yakunlangandi. Endilikda madridliklar futbolchini 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab sotib olishi mumkin bo‘ladi.
Ispaniyalik futbolchining o‘zi esa bu davrgacha ham «Chelsi» tarkibida o‘ynashni istamayapti. Ammo Madrid klubi uning bu harakatlarini qo‘llab-quvvatlamayapti. Ularning fikricha, Diyego Kostaning 3 oy davomida o‘yin amaliyotisiz qolishi bo‘lajak xaridni ham shubha ostida qoldiradi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Antonio Konte Diyego Kostaga SMS orqali xabar yuborib, kelgusi rejalariga uni kiritmayotganini aytgandi. Shundan so‘ng Kosta jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilishdan bosh tortgan va London klubi tomonidan jarimaga tortilgandi.
Mavzuga oid
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
14:31 / 02.11.2024
«Arsenal»da yana jiddiy raqib, Husanov «PSJ»ga qarshi, «Chelsi» «Old Trafford»ga boradi - uikend anonsi
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
10:26 / 02.09.2024