Samsung Galaxy Note 8'ga suratlar yordamida buzib kirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Galaxy Note 8 flagmanining texnologiyalari namoyish etilgan video paydo bo‘ldi. Ma'lum bo‘lishicha, bloger yangi qurilmaning kamchiligidan foydalanib, uni buzib kirgan.
Videorolik muallifi tizimni chuv tushirishda ijtimoiy tarmoqlardagi suratlar ham qo‘l kelishini aytadi. Ta'kidlash joizki, Galaxy S8 va Galaxy 8+ qurilmalarida ham xuddi shunday xato aniqlangan edi. Bu muammo ishlab chiqaruvchilar tomonidan bartaraf etilgan va hozirda bu qurilmalar yaxshi xizmat ko‘rsatmoqda.
Joriy yilning bahorida taniqli blogerlardan biri gadjyet skanerini aldaganini namoyish qilgandi. Shundan so‘ng bu telefon egalari uning muvaffaqiyatini takrorlashga urinishgan. Germaniyalik mutaxassislar ham bunday sinovlarni takrorlashgan. Galaxy Note 8 joriy yilning 23 avgustida Nyu-Yorkda rasman namoyish etilgan.
Samsung vakillari xatoni to‘g‘irlashga harakat qilishlarini ma'lum qilib, boshqa hech narsa foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlariga xavf solmasligiga va'da berishgan.
Mavzuga oid
18:56 / 25.11.2024
Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung rahbari uchun 5 yil qamoq jazosi talab qilmoqda
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
22:24 / 19.09.2024