Jahon | 14:13 / 12.09.2017
12652
2 daqiqa o‘qiladi

Singapurga Halima Yoqub prezident bo‘lishi mumkin

Foto: twitter.com/@wartapolitik

Singapurda o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari surayotgan Halima Yoqubga raqobatchi hali topilgani yo‘q. Agar mazkur vaziyat ertagacha, 13 sentabrgacha o‘zgarmay qolsa, shu kunning o‘zida yangi prezident nomi ma'lum bo‘ladi.

Vestminister tizimida siyosiy faoliyatni amalga oshiruvchi Singapurda ilk zamonaviy saylovlar 1993 yilda o‘tkazilgandi. Mamlakat prezidentligiga nomzodlar qattiq nazorat ostida va uzoq davom etuvchi jarayon orqali aniqlanadi. Odatda Singapur hayotida muqobil tanlov tamoyili bilan prezidentlik saylovi tashkil etilmaydi. Shuning uchun bitta nomzodning nomi ilgari surilishi oddiy holat hisoblanadi.

Mamlakat prezident amalda katta vakolatlarga ega bo‘lmaydi, chunki de fakto hokimiyat bosh vazir qo‘lida jamlanadi. Prezident qonun amaliyotida veto huquqiga ega.

Hozirgi saylov 23 sentabr kuni o‘tkazilishi va shu kunda g‘olib e'lon qilinishi kerak, ammo nomzod faqat bitta bo‘lsa, jarayon tezlashib ketishi mumkin.

Mavzuga oid