Jamiyat | 10:39 / 14.09.2017
12304
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki qo‘shnining janjali pichoqlashish bilan yakunlandi

Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan A.A. mast holda o‘zaro janjallashib, qo‘shnisi, 1974 yilda tug‘ilgan T.B.ni uyi oldida chap ko‘krak sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda.

Tuman shifoxonasining ma'lumotnomasiga ko‘ra, T.B.ning olgan jarohati hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir jarohati ekanligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi  ushlandi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Mavzuga oid