Odamlar yashaydigan 14 noyob uy (fotojamlanma)
G‘aroyib uylarni qurish imkoniyatlari turganda zerikarli beton "qutilar"da yashashga ne hojat? Bu savolga javobni hamma o‘zicha izlaydi. Dunyoda ko‘rimsiz standartlarga rioya qilmaslikka qaror qilgan odamlar ham bor, ular o‘zlari uchun misli ko‘rilmagan uylarni barpo qilishgan. Trendymen 14 noyob uy suratlari va ular haqidagi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.
G‘ordagi uy
Shveytsariya
G‘orda yashash qadimgi odamlarga xos bo‘lgan, biroq bugungi kunda ham bunday g‘aroyib joyda yashashni xush ko‘ruvchilar topiladi. Bu uy Shveytsariyadagi kichik Vals qishlog‘ida qurilgan va barcha zarur qulayliklar bilan jihozlangan.
Shaffof uy
Yaponiya
Butkul shishali uy Yaponiyada qurilgan. Unda birovdan yashirinishga urinmaydigan odamlar muntazam ravishda yashab kelishadi - uyda nimalar bo‘layotganini tashqaridan bemalol kuzatish mumkin.
Daraxtdagi sferik uy
Kanada
Kanadaliklar daraxtdagi klassik uy g‘oyasini olib, uni keyingi bosqichga olib chiqishgan - yog‘och kulba ultratexnologiyali sferik uyga aylantirilgan.
G‘ordagi uy
AQSh
Tog‘lar orasida qurilgan yana bir uy Missuri shtatida joylashgan. U me'morlik mo‘'jizasini ko‘rishga tashrif buyuruvchi sayyohlar orasida juda mashhur.
Tosh-uy
Portugaliya
Yuz yilcha avval ismi noma'lum portugaliyalik ishbilarmon ikki ulkan tosh orasida uy qurgan. Bugungi kunda tosh-uy dunyoning eng diqqatga sazovor obidalari qatoriga kiradi va minglab sayyohlarni o‘ziga jalb qilib keladi. Tosh-uyda odamlar doimiy istiqomat qilib keladi - yuz yildan oshiq vaqt davomida bu yerda elektr energiyasi va issiq suv paydo bo‘lgan.
Daryo ustidagi uy
Serbiya
Daryodagi uy — yolg‘izllik va sokinlik istaganlar uchun mukammal joy. Serbiyadagi Drina daryosi o‘rtasidagi tosh ustiga qurilgan bu uy noyob ko‘rinishga ega bo‘lish bilan bir qatorda yashash uchun qulayliklar bilan ham ta'minlangan.
Chig‘anoq-uy
Meksika
Chig‘anoq shaklida bunyod etilgan bu ertaknamo uyda kichik yoshli farzandlari bo‘lgan oila yashaydi. Bunday ajoyib uy o‘z egalariga zavq bag‘ishlaydi.
Teskari uy
Rossiya
Ko‘zlaringiz sizni aldamayapti - teskari uy haqiqatan mavjud, u Krasnoyarskda joylashgan.
Qoyatoshdagi uy
Ruminiya
Yumshoq tog‘ jinsining o‘zidan ishlangan qadimiy uy Ukraina va Ruminiya chegarasidagi Bukovina hududida joylashgan.
Quyoshli uy
Fransiya
Strasburgda joylashgan bu g‘aroyib uy quyosh soatlari kabi harakatlanish uchun yaratilgan. U yozda soyada qolib ketib, qishda esa oftobga yo‘naladi.
Halokat yoqasidagi uy
Shveytsariya
Uy Shveytsariya tog‘larida, dengiz sathidan bir necha kilometr balandlikda qurilgan. U nafaqat boshni aylantiradigan tepalikda joylashgan, balki unda yashovchilar uchun ham ancha xavfli - uyning ichiga kirish uchun jarlik ustidagi ingichka yo‘ldan o‘tish kerak bo‘ladi.
Qamish-uy
Polsha
Ikki bino o‘rtasidagi ingichka kulrang chiziqni ko‘ryapsizmi? Aslida bu kengligi bir metrdan-da kichik bo‘lgan to‘laqonli uydir.
Yolg‘iz uy
Islandiya
Ushbu kichik uy Islandiyadagi Ellidey orolida joylashgan. Uy bir qarashda yolg‘iz qolgandek tasavvur uyg‘otsa-da, sershovqin qo‘shnilarni yoqtirmaydiganlar uchun ayni muddaodir.
Po‘lat uy
Texas
Uy egasi Robert Bruno Texas shtatidagi ushbu uyni qurish uchun 23 yil sarfladi. Unga 110 tonnaga yaqin po‘lat ishlatilgan.
Mavzuga oid
14:05 / 10.06.2023
Jizzaxda sevgan qizining uyatli rasmlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitgan yigit qo‘lga olindi
20:29 / 15.10.2019
Ularni bu rakursda ko‘rmagansiz: Shaharlarning qush parvoz qiladigan balandlikdan olingan suratlari
12:24 / 04.03.2019
Akslardagi g‘aroyib go‘zallik
11:58 / 30.01.2019