Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» ham FIFA tomonidan jiddiy taqiqqa uchrashi mumkin
FIFA so‘nggi sakkiz yilda uchinchi marta «Chelsi» klubining yosh futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazganda transfer qoidalarini buzganlikda gumon qilib tekshiruv o‘tkazadi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatdi.
Londonliklar ustidan birinchi tekshiruv 2007 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, o‘shanda Fransiyaning «Lans» klubidan Gael Kakuta klubga kelib qo‘shilganda «Chelsi» qoidalarni buzgani ma'lum qilingan. Ikki yil o‘tib «Chelsi»ga transfer taqiqi joriy qilingan, biroq ko‘p o‘tmay bu qaror bekor qilingandi. O‘tgan yili esa FIFA Bertran Traorening londonliklar safiga kelib qo‘shilishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazgandi.
Hozirda ham FIFA «Chelsi»ning transfer siyosati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda. Biroq bu ishni aynan qaysi transfer yuzasidan olib borilayotgani noma'lum. Bu paytga kelib klubdagilar FIFA tomonidan bildirilayotgan shubhalarning hech biri to‘g‘ri emas deb hisoblamoqda va barcha transferlar tegishli qonun talablari asosida amalga oshirilganiga ishonchi komil.
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
21:00 / 12.03.2025
FIFA Jahon Kubogini isloh qilib, ishtirokchilar sonini 64 taga yetkazmoqchi
21:06 / 10.03.2025