Fan-texnika | 00:09 / 29.09.2017
11408
2 daqiqa o‘qiladi

Eng qimmatbaho va eng imillagan Aston Martin taqdim etildi

Foto: Motor.ru

Britaniyaning superkarlar ishlab chiqaruvchi Aston Martin va Amerikaning Triton Submarines kompaniyalari qo‘shma loyiha — Project Neptune chuv ostiga chuqurligiga tushuvchi apparatini namoyish etishdi, deb xabar beradi Motor. Bu eng qimmatbaho, bir vaqtning o‘zida eng imillagan Aston Martin hisoblanadi — uning maksimal tezligi soatiga 6,5 km, narxi esa 3,5 million dollardan oshiqroq.

«Project Neptune» Triton 1650/3 LP uch o‘rindiqli ixcham va yengil submarina bazasida yasalgan. 30 kiloVatt*soat sig‘imli akkumulyator batareyasi bilan jihozlangan suv osti apparati 500 metr chuqurlikkacha sho‘ng‘ilishi va suv ostida 12 soat qolishi mumkin. Submarina iqlim nazorati tizimi va SO2 gazini yutish qo‘rilmasi bilan jihozlangan.

Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru

Ilgariroq, Monakoda bo‘lib o‘tgan katerlar va yaxtalar ko‘rgazmasida Aston Martin yaratilishida Niderlandiyaning Quintessence Yachts kemasozlik kompaniyasi ham jalb qilingan «spidbot»ning ikkita modelini namoyish etdi. AM37S katerining top versiyasiga umumiy quvvati 1054 ot kuchi bo‘lgan ikkita Mercury Racing motori o‘rnatilgan.

Mavzuga oid