Jahon | 21:01 / 04.06.2020
4045
1 daqiqa o‘qiladi

Aston Martin ishchilarining beshdan bir qismini bo‘shatishga qaror qildi

Ilgari AMG kompaniyasiga rahbarlik qilgan Tobias Mors o‘tgan haftada Aston Martin bosh direktori bo‘ldi.

Sport avtomobillari ishlab chiqaruvchi Aston Martin Lagonda Global Holdings kompaniyasi xarajatlarni kamaytirish va daromadga qaytish maqsadida 500ga yaqin ish o‘rnini qisqartirishni rejalashtirmoqda. FactSet ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniyada 2450ga yaqin kishi ishlaydi.

Kompaniyaning hisob-kitobiga ko‘ra, bu mavjud xarajatlarni yiliga 10 mln, bevosita ishlab chiqarish xarajatlarini 8 mln va kapital xarajatlarni 10 mln funt sterlingga qisqartirish imkonini beradi.

Ilgari AMG kompaniyasiga rahbarlik qilgan Tobias Mors o‘tgan haftada Aston Martin bosh direktori bo‘ldi.

Aston Martin 1913 yilda tashkil etilgan. Kompaniya 1994-2007 yillarda Ford Motor Co kompaniyasiga tegishli bo‘lgan, hozirda unga investorlar konsorsiumi egalik qiladi.

Mavzuga oid