Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung kompaniyasi Galaxy S8’dan ko‘ra iPhone X’dan ko‘proq daromad olishi hisoblab chiqildi
Mutaxassislar Samsung kompaniyasi o‘zining asosiy raqobatchisi Apple’ning iPhone X smartfonidan qancha daromad olishini hisoblab chiqishdi. Aniqlanishicha, koreys kompaniyasi har bir sotilgan gajyetdan 110 dollar atrofida oladi.
Mutaxassislar iPhone X’da ishlatilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan Samsung’ning butlovchi qismlari narxini tahlil qilib, shu fikrga kelishgan.
Samsung tomondan ayfon uchun ishlab chiqilgan eng qimmat qism OLED-ekran hisoblanadi. Biroq, tahlilchilar fikricha, Samsung kompaniyasi Apple uchun batareya va kondtsiionerlar ham yaratgan.
"Samsung iPhone X’ning turli qismlari sababli o‘zining Galaxy S8 smartfoni detallarini ishlab chiqarishdan 4 mlrd dollar ko‘proq ishlab topadi", deyishgan mutaxassislar.
Mavzuga oid
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi
21:15 / 03.03.2025