Sport | 07:55 / 19.10.2017
13831
1 daqiqa o‘qiladi

Mbappe YeChL rekordini yangiladi

Foto: Reuters

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe YeChL doirasida «Anderlext»ga qarshi kechgan uchrashuvda o‘zining ushbu musobaqadagi sakkizinchi golini urdi. Bellashuv parijliklar foydasiga 4:0 hisobida yakunlandi.

18 yoshli fransuz ushbu kiritilgan gol evaziga niderlandiyalik mashhur forvard Patrik Klyuyvertning rekordini yangiladi va YeChL tarixidagi eng sermahsul yosh futbolchiga (19 yoshgacha bo‘lgan) aylandi.

Mbappe yozda «Monako»dan «PSJ»ga ijara huquqi ostida o‘tdi. Bunga qadar esa u YeChLda oltita gol urib bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid