Yer orbitasida qaysi davlat ko‘proq "chiqindi" qoldirgani aniqlandi
AQSh Yer atrofidagi orbitada qoldirilgan koinot chiqindilari miqdori bo‘yicha yetakchilik qilmoqda, deb yozmoqda Buisness Insider nashri.
Ma'lum qilinishicha, orbitada yaroqsiz holga kelgan sun'iy yo‘ldoshlar, koinot stansiyalar va raketalarning 14 mingdan ko‘proq bo‘lagi uchib yuradi. Har kuni ularning miqdori ortib bormoqda. Bunga esa uchta yirik davlatning koinotdagi faoliyati sababdir, deb aytilgan maqolada.
Nashr jurnalistlari ochiq manbalarga asoslangan holda, bu davlatlar orbitada qancha "chiqindi" qoldirishganini hisoblab chiqishdi. Aniqlanishicha, ushbu chiqindalarning katta miqdori uchun AQSh javobgardir: ularning hisobida 3999 ta yirik obekt bor. Rossiya esa AQShdan bu borada 38 ta obektga "ortda qolmoqda".
3-o‘rinni Xitoy egallamoqda, uning hisobida 3475 ta koinot chiqindisi bor. Mualliflarning ta'kidlashicha, chiqindilarning aksariyati 2007 yilda sun'iy yo‘ldoshlarga qarshi qurolning sinovlari o‘tkazilishi natijasida vujudga kelgan.
Mualliflarning ogohlantirishicha, bu bo‘laklarning ko‘payishi "Kessler sindromi"ga olib kelishi mumkin – bunda orbitaning kuchli ifloslanishi oqibatida unda koinot qurilmalarini joylashtirishning imkoni bo‘lmay qolishi mumkin.
Mavzuga oid
22:45 / 19.08.2024
Markaziy Amerikadagi eng iflos daryolardan biri qanday tozalanayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi
12:13 / 10.08.2023
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilishga doir imtiyozlar qanday natija bermoqda?
23:29 / 23.03.2021
Orbitaga fazoviy chiqindilarni yig‘uvchi magnit-qurilma chiqarildi
12:06 / 08.11.2020