Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samolyot qulayapti deb o‘ylagan advokat sevganidan unga turmushga chiqishni so‘radi
Londonlik advokat samolyot balandlikni keskin yo‘qota boshlaganida sevgan ayolidan unga turmushga chiqishni so‘rashga jazm etdi. Daily Mirror shu haqida xabar berdi.
Kris Jins sevimli ayoli Keysi bilan AirAsia aviakompaniyasi reysida Avstraliyadan Baliga parvoz qilayotgandi. U orolda sevganidan unga turmushga chiqishni so‘rashni niyat qilgan edi, biroq kutilmaganda parvozda nosozlik yuzaga keldi va uning rejalari o‘zgardi.
Natijada qolgan aviayo‘lovchilar dahshatdan baqira boshlagan, ekipaj kamarlarni bog‘lashni so‘rab salon bo‘ylab chopib yurgan bir paytda Kris Keysidan unga turmushga chiqishni so‘radi.
"Yaxshiki, u rozi bo‘ldi. Biz qarorimizni yerda yana bir marta takrorladik", - deya so‘zlaydi erkak.
Oxir-oqibat layner Avstraliyaning Pert aeroportida majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. AirAsia voqeani texnik nosozlik sifatida baholadi.
Mavzuga oid
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
23:57 / 09.05.2025