O‘zbekiston Tojikistonga taklif bilan chiqdi
O‘zbekiston Tojikistonga kitoblar almashishni taklif qildi. O‘zbekiston tomonining Tojikiston madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzodaga yo‘llagan maktubida tojikistonlik mualliflar asarlarini Samarqand va Buxoroda hamda o‘zbekistonlik mualliflar badiiy asarlarini Dushanbeda sotuvini yo‘lga qo‘yish taklif etilgan. Bu haqda «AP» Tojikiston Madaniyat vazirligidagi manbaga tayangan holda xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda tojik kitoblari sotuvi o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalarida to‘xtatilgan.
Sovetlar Ittifoqi davrida esa Samarqandda tojik kitoblarini sotish bo‘yicha faqat bitta do‘kon faoliyat ko‘rsatgan. Tojiklar ko‘p istiqomat qiluvchi shaharlar va tumanlarda o‘zbek tilidagi kitoblar bilan bir qatorda, tojik tilidagi kitoblar ham sotilgan.
Tojikistonda o‘zbek mualliflarining kitoblari erkin sotilgan, bundan tashqari, Dushanbeda Tojikistondagi o‘zbek tilida ijod qiluvchi yozuvchilar va shoirlar kitoblari chop etilgan.
Tojikiston Madaniyat vazirligi yuqorida tilga olingan tashabbus albatta qo‘llab-quvvatlanishiga ishonch bildirdi.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024