Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya La Ligasi: Qirollik klubi Kataloniyada mag‘lubiyatga uchratildi
Ispaniya La Ligasining 10-turida Kataloniya muxtoriyati hududidagi Jirona shahriga safar qilgan «Real» Madrid mag‘lubiyatga uchratildi.
Bu Kataloniya parlamenti muxtoriyat mustaqilligini e'lon qilganidan buyon «Real»ning ushbu hududga ilk tashrifi edi. Eslatib o‘tamiz, siyosiy voqealar tufayli ushbu o‘yin keyinroq muddatga qoldirilishi mumkinligi haqida ham xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Lekin o‘yin belgilangan vaqtda o‘tkazildi va Isko 12-daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq ikkinchi bo‘limning boshlanishida «Jirona»ning o‘yini qovushdi hamda hisobda oldinga chiqib olib, o‘yin so‘ngiga qadar «Real»ning bosimlariga turib berishni uddalashdi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng «Real» turnir jadvalidagi 3-o‘rnini saqlab qoldi. Chunki «Atletiko» ham ushbu turda o‘z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi o‘tgan o‘yinda g‘alaba qozona olmadi — 1:1. Ikkinchi o‘rinda 24 ochko jamg‘argan «Valensiya» bormoqda. La Liga karvonboshisi «Barselona» 28 ochko to‘plagan.
Ispaniya La Ligasi. 10-tur
JIRONA – ReAL MADRID 2:1 (0:1)
Gollar: Stuani (54), Portu (58) – Isko (12),
Jirona: Bunu, Espinosa, Xuanpe, Munesa, Aday, Pons, Portu (Kayode, 82), Garsiya (Timor, 75), Granel, Maffeo, Stuani (Moxika, 88).
Real Madrid: Kasilya, Varan (Nacho, 46), Marselo (Vaskes, 66), Xakimi (Asensio, 66), Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko, Modrich, Benzema, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Aday (87) — Modrich (45)
29 oktabr. Jirona. Montilivi munitsipal stadioni, 13.382 tomoshabin
Mavzuga oid
09:48 / 04.10.2021
La Liga. «Real» Kataloniyada mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni tan oldi va boshqa natijalar
17:30 / 31.10.2020
«MYu» «Arsenal»ga qarshi, «Liverpul» uchun jiddiy sinov. Hafta o‘yinlari anonsi
16:42 / 12.03.2020
La Liga koronavirus xavfi tufayli kamida ikki haftaga to‘xtatildi
22:39 / 18.01.2020