Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Puchdemon qayerdaligi ma'lum bo‘ldi
Kataloniya jyeneralitetining sobiq rahbari Karles Puchdemon va ishdan bo‘shatilgan boshqa amaldorlar Bryusselga kelgan. Bu haqda Reuters agentligi mahalliy nashrlarga asoslangan holda xabar tarqatgan.
Taxmin qilinishicha, ular o‘z holatlari bo‘yicha yaqin vaqt ichida bayonot berishadi.
Puchdemonning Instagram tarmog‘idagi obunachilari u qo‘ygan oxirgi surat - osmon suratini tushunishga urinishmoqda. U bu suratni Bryuselda turib sahifasiga joylashtirgani aytilmoqda.
Bundan avvalroq Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel Puchdemonga boshpana berilishi masalasi kun tartibida turmagani haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
21:13 / 24.03.2025
Belgiya davlat idoralari saytlari hakerlar hujumiga uchradi
22:42 / 13.01.2025
Bryusselda pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
15:10 / 10.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyani tark etdi
11:03 / 09.08.2024