Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falcon 9 raketasining birinchi bosqichi qo‘nishi bilan yonib ketdi
Falcon 9 raketasining birinchi bosqichi Of Course I Still Love You dengiz platformasiga qo‘nishi bilan yonib ketdi. The Verge shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yong‘inni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. SpaceX tashuvchisining starti 2017 yildagi 16-start bo‘ldi (o‘tgan yili kompaniya sakkiz raketani ishga tushirgan). Raketa Koreasat-5A aloqa yo‘ldoshini yer orbitasiga muvaffaqiyatli olib chiqqan.
SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi Janubiy Koreya sun'iy yo‘ldoshi bilan birga muvaffaqiyatli uchirildi.
Raketaga 31 oktabr kuni Kanaveraldagi kosmodromdan start berilgan. Raketa orbitaga Janubiy Koreyaning Ktsat kompaniyasiga tegishli Koreasat 5A telekommunikatsion sun'iy yo‘ldoshini olib chiqdi. Sun'iy yo‘ldosh Thales Alenia Space fransuz-italyan kompaniyasi tomondan yaratilgan. Sun'iy yo‘ldosh televizion va internet-signalni uzatish hamda Yaqin Sharq, Hind okeani, Uzoq Sharq, jumladan Yaponiya va Janubiy Koreyadagi kemalar o‘rtasidagi aloqani ta'minlashga mo‘ljallangan.
Raketaning birinchi pog‘onasi startdan 3 daqiqa o‘tgach ajralib, Atlantika okeanidagi platformaga qo‘ndirilgan.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:35 / 25.05.2025
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
23:30 / 04.05.2025
Texas aholisi SpaceX shahrini tashkil etishni yoqlab ovoz berdi
17:37 / 22.04.2025