Jahon | 14:58 / 04.11.2017
70205
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng nufuzli musulmonlar ma'lum qilindi

Ummonning qirollik strategik tadqiqotlar islom markazi dunyodagi 500 nafar eng nufuzli musulmonlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Ro‘yxatda Misrdagi «Al-Azxar» universiteti imomi shayx Ahmad Muhammad al-Tayib yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlardan Iordaniya va Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh II ibn al-Husayn va Salmon bin Abdulaziz Al-Saud joy olgan. To‘rtinchi pog‘onada – Eronning oliy diniy rahbari oyatulloh Said Ali Xominaiy va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

Jorjtaundagi musulmonlar-xristianlarning bir-birini tushunishi Markazi qo‘llab-quvvatlovi bilan e'lon qilinuvchi reyting 2009 yildan beri har yili taqdim etiladi. Unga yirik olimlar, siyosiy arboblar, xayriya faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar, tadbirkorlar, san'at, madaniyat vakillari, sportchilar, mashhur shaxslar va qorilar kiritiladi.

Shuningdek, ro‘yxatdan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham joy olgan. Rahmondan tashqari, Tojikistonning ulamolar kengashi rahbari Saidmukarram Abdulqodirzoda, shuningdek, Ozarboyjon, Afg‘oniston prezidenti va Checheniston rahbari ham ro‘yxatda bor.

Shayx Ahmad Muhammad al-Tayib
Foto: The Muslim 500
Salmon bin Abdulaziz Al-Said
Foto: The Muslim 500

 

Mavzuga oid