Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzorda qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida bir shaxs vafot etdi
2017 yilning 1 noyabr kuni taxminan soat 23:30 larda, noma'lum shaxs mast holatda, Chilonzor tumani hududida, bezorilik oqibatida fuqaro A.Sh.ni qo‘l va oyoqlari bilan urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada A.Sh. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilib, unga "Bosh miya ochiq jarohati, bosh miya og‘ir darajali lat yeyishi, bosh miya ezilishi, chap yon ensa suyagining sinishi” tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar bermoqda.
Ushbu jinoyatni sodir etganlikda 1987 yilda tug‘ilgan A.K. gumon qilinib, uni ushlash choralari ko‘rilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (bezorilik oqibatida, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olingan tan jarohatlari natijasida, A.Sh. 2017 yil 2 noyabr kuni shifoxonada vafot etgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni A.K. sodir etganligi tasdiqlanib ushlangan.
A.K.ning xatti-harakatlari O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) qayta malakalanib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanmoqda.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
20:18 / 12.05.2025
Toshkentdagi maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarga «Katyusha» yodlatgani xabar qilindi
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
11:18 / 22.04.2025
“5 ta mashina bilan to‘qnashgan” – Toshkentda YPXdan qochgan qora Gentra bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
10:28 / 21.04.2025