Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTIH-2017 sammiti yakunlandi. Nimadir o‘zgaradimi?
Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) davlatlari sammiti muvaffaqiyatli yakunlandi, OTIH iqtisodiyotlari yetakchilari barcha masalalarni samarali muhokama qilishdi. Bu haqda Vetnam prezidenti Chan Day Kuang yakuniy matbuot anjumani vaqtida xabar berdi.
"OTIH yetakchilari tomonidan ta'kidlanganidek, iqtisodiy hamkorlik, ishbilarmonlik aloqalari, savdoni erkinlashtirish va investitsiyalar OTIH hamjamiyatini rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari bo‘lgan hamda shunday bo‘lib qoladi. Biz keng qamrovli iqtisodiy, moliyaviy hamda ijtimoiy rivojlanishga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha choralarni, shuningdek, oziq-ovqat va energetik xavfsizlikni ta'minlash, raqamli texnologiyalar davrida mehnat resurslarini barqaror rivojlanishi masalalarini muhokama qildik", - deya xabar berdi Vetnam yetakchisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, OTIH ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar “Bogor maqsadlari”ni (1994 yil) amalga oshirishni tezlashtirish, ko‘proq e'tiborni xizmatlar, investitsiyalar va notarif to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha choralarga qaratishga kelishib oldilar.
Uning xabar berishicha, OTIH-2017 sammitida OTIH iqtisodiyotlari yetakchilari va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasiga a'zo bo‘lgan mamlakatlar yetakchilari ishtirokida tarixdagi birinchi norasmiy muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
09:34 / 05.08.2024
Viyetnam prezidenti To Lam Kompartiya Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi etib saylandi
11:54 / 26.08.2023
AQShning «manglayidagi qora dog‘» – amerikaliklar Vetnamdagi qishloq aholisini nega qatliom qilgandi?
18:30 / 23.05.2023
«General asirni o‘ldirdi, men fotoapparatim bilan generalni o‘ldirdim» – Vetnam urushining shafqatsizliklari tasvirlangan surat tarixi
11:11 / 23.03.2023