Jamiyat | 08:16 / 16.11.2017
12594
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng katta pushti olmosni hech kim sotib olishni istamadi

Foto: Reuters

Sotheby's auksionidagi savdolar davomida dunyodagi eng katta pushti olmos - «Pushti Raj»ga ega uzukni hech kim xarid qilmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Taxminlarga ko‘ra, uzukka 20-30 mln. dollar atrofida mablag‘ berishlari rejalashtirilgandi. Savdolar 9,9 mln. frankdan boshlandi hamda 14 mln.ga qadar ko‘tarildi, biroq keyin xaridorlarning qiziqishi yo‘qoldi.

Ta'kidlanishicha, olmosning og‘irligi 37,30 qirot keladi. U Janubiy Afrikadagi kondan 2015 yilda topilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid